07:18 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Tramp G7 yetakchilari bilan Rossiya tufayli janjallashib qoldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Dunyoda
Havola olish
52601

AQSH prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” mamlakat yetakchilari bilan Rossiyaning sammitga qaytishi borasidagi masala yuzasidan janjallashib qoldi.

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” mamlakat yetakchilari bilan Rossiyaning sammitga qaytishi borasidagi masala yuzasidan janjallashib qoldi. Bu haqda RIA Novosti Guardian nashriga tayanib xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Biarrits shahridagi sammitda “Katta yettitalik”ning boshqa ishtirokchilari Donald Trampning taklifini qoʻllab-quvvatlamagan va qizgʻin bahs boshlagan. 

Tramp hamkasblarining dalillariga rozi boʻlmagan. AQSH prezidenti, xususan, Eron, Suriya va KXDR muammolarini hal etish uchun “Rossiya zalda boʻlishi shart”ligini taʼkidlagan.

Taʼkidlanishicha, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe betaraflik bildirgan,  Tramp taklifini Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte qoʻllab-quvvatlagan. G7᾽ning boshqa yetakchilari, jumladan, Yevrokengash raisi Donald Tusk Rossiyaning “Katta sakkizlik”ka qaytishiga qarshi chiqishgan.

“Oʻshanda, yumshoq qilib aytgandi, vaziyat taranglasha boshladi”, - deyiladi xabarda.

RIA Novostining Yevropa Ittifiqidagi manbasi kechki ovqat vaqtida Rossiyaning “katta sakkiztalik” ka taklif qilish ehtimoli muhokama qilingani maʼlum qildi, biroq Biarritsda G7 yetakchilari Moskvani qaytarish toʻgʻrisida kelishuvga erishishmagan.

Asosiy mavzular