Putin va Zelenskiy o‘rtasida birinchi uchrashuv Fransiyada bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyada “Normand uchrashuvi”ga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik.  Fransiyada "Normand muzokaralari" doirasida Rossiya prezidenti  Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida birinchi uchrashuv o‘tkaziladi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi

Sentabrda davlat va hukumat rahbarlari darajasida “Normand uchrashuvi”ni o‘tkazish rejalashtirilmoqda, bu haqda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron G7 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz sentabrda “normand” formatida davlat va hukumat rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazmoqchimiz, biz buni bayonnomalashtirdik, va bu sammit yakunlari bo‘yicha chop etiladigan hujjat matnida ham bor”, - dedi Makron.

“Normand to‘rtligi” – Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha guruh. Ushbu formatga Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya kiradi.

Birinchi uchrashuv 2014-yil 6-iyunda o‘tkazildi. Minskda 2015-yil 11-12 fevralda eng uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilish 17 soat davom etdi.

Ukrainada Potr Poroshenko prezident bo‘lgan vaqtda “normand to‘rtligi”ning faoliyati deyarli to‘xtab qolgandi.

Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “normand formati”da muzokara o‘tkazishni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga taklif qilgandi.

Ukraina yetakchisi bu muloqotga AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va o‘sha vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Tereza Meyni taklif etgandi.

Yangiliklar lentasi
0