01:24 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye

Atambayev va uning oilasiga tegishli boʻlgan 135 ta mol-mulk xatlab qoʻyildi

© REUTERS / Vladimir Pirogov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)
66110

Qirgʻiziston bosh prokuraturasi Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan 135 dona mol-mulkni xatlab qoʻydi.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan 135 dona mol-mulk xatlab qoʻyildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston mamlakat bosh prokuraturasiga asosan.

Xatlov jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod etilishi boʻyicha jinoiy ish doirasida xatlov amalga oshirildi. Bundan avval 120 ta obʼyekt xatlab qoʻyilgandi.

Taʼkidlanishicha, Harbiy prokuraturada Atambayev prezidentlik davrida noqonuniy boylik orttirishi holati boʻyicha jinoyi ish mavjudligini inobatga olgan holda, maʼlumotlar tekshirilishi va taqqoslanishi uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ish yurituv davomida 20 ta uy-joydan xatlov olib tashlandi.

Almazbek Atambayev va uning yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlgan obʼyektlar, shuningdek noqonuniy ravishda qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulklarni qidirish va aniqlash boʻyicha Qirgʻiziston milliy xavfsizlik va IIV tezkor boʻlinmalariga tergov koʻrsatmalari berildi.

Bosh prokuratura Atambayev va yaqinlariga tegishli boʻlgan barcha obʼyektlarning egalik huquqini tekshirib chiqadi, keyinchalik xatlab qoʻyilgan mol-mulklarning yangilangan roʻyxatni eʼlon qilishni rejalashtirdi.

 

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)

Asosiy mavzular