23:48 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
60410

Rossiya Saudiya Arabistonda AK-103 avtomatini ishlab chiqarish boʻyicha zavodni barpo qilish boʻyicha shartnoma imzolamoqchi.

TOSHKENT, 28 avg – Sputnik. Rossiya Saudiya Arabistonda AK-103 avtomatini ishlab chiqarish boʻyicha zavodni barpo qilish boʻyicha shartnoma imzolamoqchi, bu haqda harbiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev maʼlum qildi.

“Bugungi kunda Saudiya Arabistoniga Kalashnikov avtomatlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ijrosi taʼminlanmoqda. Oʻylaymanki, biz u yerda AK-103 avtomatlarini ishlab chiqarishga oʻtamiz”, - dedi u MAKS-2019 aviasalonda.

Bundan ilgariroq, Rosoboroneksport rahbari Aleksandr Mixeyev Rossiyadan Er-Riyadga qurol yetkazish berilishi haqida maʼlum qilgandi.

2017 yil oktyabr oyida "Rosoboroneksport" OAJ va Saudiya harbiy sanoat kompaniyasi oʻrtasida harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni sotib olish va lokalizatsiya qilish toʻgʻrisida memorandum imzolandi va Saudiya Arabistonida Kalashnikov AK-103 rusumli avtomatlar va patronlarni litsenziyali ishlab chiqarilishini tashkil etish uchun umumiy shartlar toʻgʻrisida shartnoma imzolangandi.

Asosiy mavzular