12:55 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Dunyoda
Havola olish
1191 0 0

Gitler Germaniyasi oʻz yadro qurolini nima uchun yarata olmaganligi haqida rossiyalik olim oʻz fikrlarini aytdi.

Gitler Germaniyasi oʻz yadro qurolini yarata olmadi, chunki uning rahbariyati bu vazifani ustuvor deb hisoblamadi, nemis atomchi olimlar esa buning uchun katta moliyalashtirishni soʻramadi.

Bu haqda RIA Novostiga "Kurchatov instituti" Milliy tadqiqot markazi direktori maslahatchisi va milliy yadro loyihasi tarixchisi Andrey Gagarinskiy maʼlum qildi.

“Germaniya rahbariyati buni ustuvor vazifa deb hisoblamadi va uni cheklangan doirada olib borishga qaror qildi. Gitler atom dasturiga masʼul boʻlgan olimlarni hech qachon qabul qilmadi. Buning uchun vaqt ham yetmadi”, - dedi Gagarinskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, 1945 yil mayda yadro reaktorini ishga tushirish boʻyicha soʻnggi “hal qiluvchi”, ammo muvaffaqiyatsiz tajribani taniqli nemis olim Verner Geyzenberg amalga oshirgan. Shundan soʻng olim yana mablagʻ soʻrashga botina olmadi.

Asosiy mavzular