Qozog‘iston prezidentining suratlari onlayn-kazino reklamasida paydo bo‘ldi

© Sputnik / / Vladislav VodnevPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning suratlari onlayn-kazino reklamasida paydo bo‘lishiga izoh berildi.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning suratlaridan onlayn-kazino reklamasida noqonuniy ravishda foydalanilgan. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Berik Kurmangali ma’lum qildi.

“Menga ijtimoiy tarmoqlarda prezident Kasim-Jomart Tokayev suratidan foydalanilgan onlayn-kazino reklamasi paydo bo‘lganligi xususida ommaviy axborot vositalaridan murojaatlar kelib tushmoqda. Davlat rahbarining bu reklamaga hech qanday aloqasi yo‘q, uning suratlaridan noqonuniy ravishda foydalanishganligini rasman bildiraman", - deya Berik Kurmangali so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti o‘zi tasvirlangan bilbordlar o‘rnatilishini keskin tanqid qildi

Prezident matbuot kotibi buning “nohalol soxta reklama” ekanligini ma’lum qilgan.

“Bizning fikrimizcha, bunga o‘xshash xabarlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini chalg‘itadi va obro‘ga jiddiy zarar yetkazadi. O‘ylaymanki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar reklama beruvchilarni aniqlashadi va ularning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani hal etishadi. Barcha ijtimoiy tarmoqlarni tijorat materiallarini joylashda mas’uliyatli bo‘lishga va o‘zgalarning suratlaridan noqonuniy foydalanmaslikka chaqiraman", - deb qayd etgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev uning surati tasvirlangan ko‘plab bilbordlar o‘rnatilishiga o‘z munosabatini bildirib, ularni o‘rinsiz ma’muriy jonkuyarlik deb atagan. Shuningdek, Tokayev barcha hokimlarga bilbordlarda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev rahbarligi ostida mamlakat erishgan yutuqlar namoyish qilishini lozimligi bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Yangiliklar lentasi
0