00:31 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Atambayevni qoʻlga olish vaqtidagi tartibsizliklarni oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzildi

© REUTERS / Vladimir Pirogov
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)
415 0 0

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qoʻlga olish vaqtida Qoʻy-Tosh qishlogʻida sodir boʻlgan tartibsizliklarni davlat komissiyasi tekshiradi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Qirgʻizistonda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qoʻlga olish vaqtida 7-8 avgust kunlari Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi sodir boʻlgan voqealarni oʻrganish boʻyicha davlat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Tegishli qarorga Qirgʻiziston bosh vaziri Muxammedkaliy Abilgaziyev imzo chekkan.

Maʼlum qilinishicha, bosh vaziri oʻrinbosari Jenish Razakov tuzilgan davlat komissiyasiga rahbarlik. Komissiya tarkibidan deputatlar, ekspertlar, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari vakillari oʻrin olgan.

Qoʻy-Toshdagi voqealar

7 avgust kuni kechqurun Qoʻy-Tosh qishlogʻida GKNB spetsnazi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm uning tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarildi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Hozirda Atambayevga bir nechta ayblov qoʻyilgan. Sobiq prezident advokati soʻzlariga koʻra, Atambayev tergov boshlangan kundan boshlab birorta savolga javob bermagan, sababi oʻziga qarshi amalga oshirilayotgan harakatlar noqonuniy deb hisoblaydi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (36)

Asosiy mavzular