Qamoqda 35-yil o‘tirgan amerikalik ayol uch million dollar oldi

© RIA Novosti . Denis Voroshilov"Guantanamo: turma na Ostrove Svobodi, ojidayushaya zakritiya"
Guantanamo: turma na Ostrove Svobodi, ojidayushaya zakritiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haqiqiy qotil - seriyali manyak - Rodni Xolbauer bo‘lib chiqqan. Xolbauer yana besh nafar ayolni zo‘rlab, o‘ldirgani aniqlangan.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Amerikaning Nevada shtatida yashovchi ayol sud qarori bilan sodir etmagan jinoyati uchun 35-yil qamoqda o‘tirib chiqqanligi tufayli uch million dollar miqdorida badal to‘lovini oldi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Xitoy politsiyachilari o‘lim jazosiga hukm qilingan mahbus bilan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda 21-yil oldin qatl qilingan erkak aybsiz deb topildi

1980 yilda 29 yashar Keti Vuds 19 yoshli talaba qiz Mishel Mitchelning qotilligida gumon qilinib, 35-yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoyatning o‘zi 1976-yilda sodir etilgan. Tez orada Nevada shtati Oliy sudi hukmni bekor qilgan, ammo 1984-yili ayol takroran sudga tortilgan. Sud ishini ko‘rib chiqqan oliy instansiyalar sud qarorini kuchda qoldirganlar.

Ashyoviy dalillar - 1976-yil, ya’ni tergov harakatlari o‘tkazilgan davrda hali mavjud bo‘lmagan - DNK analizini amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiya yordamida o‘rganib chiqilgach, Vudsning aybsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Haqiqiy qotil - seriyali manyak - Rodni Xolbauer bo‘lib chiqqan. Xolbauer yana besh nafar ayolni zo‘rlab, o‘ldirgani aniqlangan.

2018 yilda u umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Advokat so‘zlariga ko‘ra, Vuds endilikda Reno shahridan hamda 1979-yil Luiziana shtatida ruhiy xastaliklar shifoxonasida davolanayotgan vaqtida uni iqrorlik ko‘rsatmasini berishga majburlagan sobiq huquq-tartibor organlaridan qo‘shimcha badal pulini undirib olish istagida.

Ilgariroq, Michigan shtati hukumati qamoqda hech bir aybsiz 46-yil o‘tirib chiqqan Richard Fillipsga bir yarim million dollar to‘lab berishlari haqida xabar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0