05:10 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
247 0 0

AQSH va “Tolibon” harakati yaqin kunlarda tinchlik shartnomasini imzolaydi.

TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. AQSH va “Tolibon” harakati yaqin kunlarda tinchlik shartnomasini imzolaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Tolibon sobiq qoʻmondoni Akbar Aganing soʻzlariga koʻra, shartnoma tayyor.

“Ikki tomon barcha holat boʻyicha kelishdi, shartnoma tayyor..., shanba yoki yakshanba kuni “Tolibon” va AQSH oʻrtasida imzolanadi”, - dedi u.

Oʻz navbatida, Dohadagi toliblarning vakili Suxeyl Shaxin tomonlar oʻrtasida muzokaralar hanuz davom etayotganini aytdi. Taʼkidlanishicha, AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Qobulga borishi mumkin, uning jamoasi esa Qatarda qoladi.

Bundan tashqari, Shaxinning soʻzlariga koʻra, kelishuv imzolanmasidan oldin tomonlar baʼzi munozarali masalalar boʻyicha kelishuvga erishishi lozim.

Shu bilan birga, Tolibonga yaqin manbaning soʻzlariga koʻra, AQSH harbiylari 15 oy ichida Afgʻonistondan olib chiqilishini muhokama qilgan muzokarachilar oʻrtasida muloqot texnik darajada olib borilgan.

Asosiy mavzular