06:45 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
flag Irana

Eron kosmik sunʼiy yoʻldoshi portlagani haqidagi xabarni rad etdi

Dunyoda
Havola olish
205 0 0

Avvalroq Amerikaning NPR radiostantsiyasi sunʼiy yoʻldoshlardan olingan suratlarga tayanib, Eron raketasi start maydonchasida portlab ketgani haqida xabar tarqatgandi.

TOSHKENT, 30 avg - Sputnik. Eron Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Javad Azari Jahromiy mamlakat sunʼiy yoʻldoshining muvaffaqiyatsiz parvozi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Kutilmaganda bizning orbitaga sunʼiy yoʻldoshni chiqarishdagi urinishlarimiz muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangani haqidagi xabarlar paydo boʻldi. Aslida “Nahid 1” sunʼiy yoʻldoshi soz holatda va sinov maydonchasida turibdi”, - deya maʼlum qilgan Jahromiy Twitter᾽dagi sahifasida.

Vazir, shuningdek, jurnalistlarni bunga ishonch hosil qilishlari uchun poligonga tashrif buyurishni taklif qilgan.

Eron AQSH razvedka dronini nega urib tushirdi?

Avvalroq Amerikaning NPR radiostantsiyasi sunʼiy yoʻldoshlardan olingan suratlarga tayanib, Eron raketasi portlab ketgan boʻlgan haqida xabar tarqatgandi. Ularning taʼkidlashishicha, raketa Eron shimolidagi Semnan viloyatida joylashgan kosmik markaz maydonchasida portlab ketib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Asosiy mavzular