Moskva go‘zali Malayziya sobiq qiroli bilan ajralishi haqida so‘zlab berdi

© Instagram / rihanapetraBivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina
Bivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Miss Moskva - 2015” tanlov g‘olibi Oksana Voyevodina Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan ajralishi haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. “Miss Moskva - 2015” tanlov g‘olibi Oksana Voyevodina Instagram’dagi sahifasida Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan ajralishi haqida post yozdi.

Model o‘zini yengil his qilish uchun ajralish sabablari haqida so‘zlab berishni istayotganligini aytdi. Biroq model haqiqatni oshkor qilmaslikka qaror qildi.

"Bilaman, hamma biz bilan haqiqatda nima yuz berganini bilishni istayapti... Men ilgari o‘z voqeamni so‘zlab berishga tayyor emas edim. Ehtimol, rostini aytsam, o‘zimni yaxshi his etaman... Biroq hech kimga qandaydir og‘riq yetkazishni xohlamayman”, - deb qo‘shimcha qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rihana Oksana Petra (@rihanapetra)

Ajralishi haqida Muhammad Vning shaxsiy advokati Ko Tiyen Xua ma’lum qildi. RIA Novosti murojaatiga ko‘ra, yurist agentlikka juftlik ajralishi haqida rasmiy ma’lumot yubordi.

O‘tgan yil noyabr oyida Muhammad V va Oksan Voyevodina turmush qurishdi. Ungacha rossiyalik sohibjamol islom dinini qabul qildi va o‘ziga Rixana ismini oldi. To‘y marosimi Moskva viloyatidagi Luxury Village Barvixa konsert zalida o‘tkazildi. Shu yilning yanvar oyida Muhammad V kutilmaganda taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati hukmdori maqomini saqlab qoldi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0