Moskvada mashhur Qur’on tarjimoni Valeriya Poroxova vafot etdi

© KazanFirstPerevodchik Korana Valeriya Poroxova skonchalas
Perevodchik Korana Valeriya Poroxova skonchalas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Valeriya Proxorovaning Qur’onning rus tiliga eng chiroyli mazmuniy tarjimasini yaratgan kishi sifatida mashhur bo‘lgan.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Moskvada Qur’on tarjimoni Iman Valeriya Poroxova vafot etdi, deb xabar qilmoqda KazanFirst.

Poroxova 79 yoshida vafot etdi. U kishi bilan xayrlashish marosimi Moskvadagi Prospekt Mira ko‘chasida joylashgan Jome masjidida peshin namozidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

“Iman Valeriya Poroxova bizni tark etdilar... U kishi rus dvoranlar oilasida bo‘lib Stalin davrida qatag‘on qilingan. Valeriya oilasi quvg‘inlikda bo‘lgan davrda tug‘ilgan. U murakkab hayot yo‘lidan o‘tib islomga kelgan. U nafaqat Qur’onni rus tiliga tarjima qilgan, Qur’on va Islom o‘ziga mujassam etgan chiroyini, yaxshilik  va insoniylikni ko‘rsatgan”, - deb o‘zgan o‘z sahifasida Rossiya jamoat va siyosat arbobi Ali Vacheslav Polosin.

Iman Valeriya Proxorova umrining so‘nggi kunlariga qadar ilmiy va jamoatchilik hayotida faol ishtirok etib kelgan. Xususan, Rossiya Gumanitar fanlar akademiyasi a’zosi, Yevroosiyo xalqaro madaniyat akademiyasi a’zosi, Rossiya aniq fanlar akademiyasi a’zosi bo‘lgan.

Iman Valeriya Poroxova tarjima qilgan Qur’on 12 marotaba qayta chop etilgan.

Yangiliklar lentasi
0