00:11 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Na mechet, postroyennuyu Atambayevыm, nalojen arest

Atambayev qurdirgan masjidga taqiq qoʻyildi

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)
413 0 0

Bishkek sudi tomonidan Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qurdirilgan masjidga taqiq solindi.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Bishkek sudi tomonidan Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qurdirgan masjidga taqiq qoʻyildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Harbiy prokuratura tergov jarayonida “7 aprel qahramonlariga” deb nomlangan masjid Atambayev tomonidan barpo etilgani maʼlum boʻldi. Masjid joylashgan yer uchastkasi “Forum” ilmiy-sanoat firmasi nomiga rasmiylashtirilgan.  

“Pervomaysk tuman sudi qaroriga koʻra ushbu mulk hibs qilindi”, - deyilgan xabarda.

Hozirgi vaqtda masjid qurilishiga sarflangan mablagʻ manbalari aniqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval mamlakat bosh prokuraturasi qaroriga asosan Atambayev va uning oilasiga tegishli boʻlgan 135 ta mol-mulk xatlab qoʻyilgandi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (35)

Asosiy mavzular