16:42 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
135911

Oʻtgan yili Rossiya ayollarining atigi 53,2 foizi ish bilan taʼminlangan.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Rosstat maʼlumotlariga asosan oʻtgan yili Rossiya ayollarining 53,2 foizi ish bilan taʼminlangan.  

Mamlakatda 15 yoshdan va undan yuqori aholining 59,8 foizi ishlaydi. Shunda 67,8 foizi erkaklarni tashkil qiladi.

“Statistikani qator sabablari bilan izohlash mumkin: birinchidan, iqtisodiy faoliyatning pasayishi oqibatida ayollar qisqartirishlarga birinchi boʻlib tushadi”, - deb tushuntirdi Oliy maktab korporativ boshqaruv (RANXiGS) kafedrasi professori Yelena Yaxontova.

Bundan tashqari, soyadagi iqtisodiyotning oʻsishi va xodimlarni yollashda shaffoflikning yoʻqligi ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin.

“Uchinchidan, ayollarning kasb mahorati darajasi past, ularning isteʼdodi zamonaviy bozorda kam talabga ega. Umid qilamanki, bu statistikaga maʼlum darajada hukumat tomonidan tugʻishni ragʻbatlantirish choralari taʼsir koʻrsatdi: yosh ayollarning maʼlum qismi oilaga va bolalarga qarashga qaratilgan”, - deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Rossiya statistika idorasi 2036 yilda erkaklar yetishmovchiligi boshlanishi haqida xabar qilingandi. Alkogolli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilishi asosi sabab sifatida keltirilgan.

Asosiy mavzular