13:36 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
211 0 0

Ikki yosh bola qurilish maydonchasidan aravachani qanday oʻgʻirlagani haqidagi kulguli video internetda xitga aylandi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida ikki yosh bola aravacha oʻgʻirlagani aks etgan video internetda xitga aylandi, bu haqida “Rossiya 24” telekanali xabar qilmoqda.

Qurilish maydonchasida oʻrnatilgan videokamera yosh bolalar aravachani baland darvoza ustidan olib oʻtishini suratga olgan.Aravachani olib oʻtish uchun bolakaylar turli choralarni qoʻllab koʻrishadi: dastlab oʻz kuchlari bilan koʻtarib oʻtishga, keyin ikkita skameykani ustma-ust qoʻyib va eng soʻngida stol va narvon yordamida aravachani olib oʻtishadi.

Ushbu oʻgʻirlik jarayonida bolakaylar bir necha marotaba qulab tushishadi va jarohat olishadi. Koʻpchillik foydalanuvchilar bu holatni Charli Chaplin filmlariga  oʻxshatgan.  Rejisserlar esa unga mos keladigan musiqa qoʻshishgan. Natijada, videoni tomosha qilgan kishi oʻgʻirlik qilgan bolakaylarga biroz rahmi keladi.

Ha aytimoqchi, ulardan birii devor ortida oʻz ryukzakini unutib qoldirgan. 3 sentyabr kuni Rossiya 24 telekanali tomonidan joylashtirlgan videoni bir kunda 2,5 million marta koʻrilgan.

Asosiy mavzular