13:56 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
197110

Eron Kohgiluya sudi katta yoshli erkak va yosh qizcha oʻrtasida tuzilgan nikohni bekor qildi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Eronning Kohgiluya va Boyir-Ahmad viloyati sudi ijtimoiy tarmoqlarda toʻy videosi tarqalgan katta yoshli erkak va yosh qizcha oʻrtasida tuzilgan nikohni bekor qildi.

Bu nikoh haqida eronlik jurnalist Masix Alinejad maʼlum qildi. Jurnalist ushbu toʻyda boʻlib, Twitter’da video yozuvni joylashtirdi. 

Jurnalist qizlarni 13 yoshida turmushga chiqishiga imkon beradigan qonunlarni qoraladi. Voyaga yetmaganlarga toʻy libosini tanlash huquqi berilmaydi, ota-onalar ular oʻrniga buni qiladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Shahin Samadpoor شاهین صمدپور (@shahinsamadpoor)

Bundan tashqari, kuyovning yoshi 22 da, qiz esa atigi 11 yoshda ekanligi maʼlum boʻldi. Internet foydalanuvchilari bu holatni pedofiliya va bolalarga nisbatan zoʻrovonlik deb atashdi.

Koxgiluye provintsiyasi sudya qizning yoshi sabab kelishuvni nomaqbul deb topdi va nikohni bekor qildi. Qizning ota-onasi yana ikki yil, farzandi 13 yoshga toʻlishini kutadigan boʻldi.

Asosiy mavzular