Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma yuz berdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGranitsa
Granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Xo‘ja va Qirg‘iziston O‘rta-Bo‘z qishloq aholisi o‘rtasida yangi mojaro yuz berdi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Tojik-qirg‘iz chegarasida yana otishma yuz berdi, bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Tadjikskie denejnie znaki Somoni - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki Tojikiston Markaziy Osiyodagi eng qashshoq davlat ekanligini ma’lum qildi

Isfara shahri hokimi Iqbol Teshayev so‘zlariga ko‘ra, Xo‘ja (Tojikiston) va O‘rta-Bo‘z (Qirg‘iziston) qishloq aholisi o‘rtasida yangi mojaro yuz berdi.

Qirg‘iziston bozor qurmoqchi bo‘lgan joyda Tojikiston tomoni yo‘l qurishi harakati kelishmovchilikka olib keldi.

Internetda tarqalgan videoda havoga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzilishini eshitish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 31-avgust kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida Xo‘ja va O‘rta-Bo‘z qishloqlari aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. O‘sha vaqtda tomonlarning biri yuz metr asfalt yotqizishga harakat qilgan.

Shuningdek, shag‘arni mashinalarda tashilishi sababli Varux va Oqsay aholisi o‘rtasida mojaro yuz berdi. Tojik-qirg‘iz chegarasining uzunligi taxminan 970 kmni tashkil qiladi. Ikki respublika chegarani bo‘lish ishlarini yakuniga yetkazmagan.

Yangiliklar lentasi
0