09:58 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Dunyoda
Havola olish
381 0 0

Qozogʻistonning Janaozen hokimligi binosi oldida yuzga yaqin odam ishtirokida miting oʻtkazildi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Oʻtgan dushanba kuni Janaozen shahar hokimligi binosi oldida yuzga yaqin odam toʻplandi. Yigʻilganlar mamlakatda Xitoy fabrikalarini qurmaslik talabi bilan chiqishdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

Qozogʻistonda Xitoyning 55 ta zavodi quriladi degan mish-mishlardan soʻng, mamlakat boʻylab norozilik aktsiyalari oʻtkazildi. Ular Olma-ota, Aqtoʻbe, Nur-Sultonda qoʻllab-quvvatlandi.

Qozogʻiston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayevning soʻzlariga koʻra, politsiya Janaozendagi noqonuniy mitinglarga qarshi chora koʻradi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabar noqonuniy. Noqonuniy mitinglarni oʻtkazishga chaqiriqlar boʻlsa, ichki ishlar organlari tegishli chora koʻradi. Hozirgi kunda hammasi tinch”, - dedi ichki ishlar vaziri.

Vazir taʼkidlashicha, Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasida investitsiya bitimlari imzolangan. Biroq ular orasida odamlarning eʼtiroziga sabab boʻladigani yoʻq.

Asosiy mavzular