10:35 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
538 0 0

Moskvada erining xurrak otishi sababli braziliyalik turist kasalxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizildi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Moskvada erining xurrak otishi sababli braziliyalik turist jonlantirish boʻlimiga yotqizildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Oila boshligʻining soʻzlariga koʻra, 3 sentyabr kuni ular restoranda birga alkogol ichimliklarni ichishgan. Mehmonxonaga qaytishgach, ayol erining xurrak otishini eshitmaslik uchun uyqu dorisini ichgan. 

Shundan soʻng ayolning mazasi qochib u shifoxonaga olib ketildi. Shifokorlar ayolda doridan oʻtkir zaxarlanish tashxisini qoʻydi.

Erkak taʼkidlashicha, rafiqasi erining xurrak ovozi xalaqit bermasligi uchun koʻp miqdorda uyqu dorisini ichib oldi, tabletkalar doim yonida boʻlgan ekan.

Politsiya ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda.

Asosiy mavzular