18:24 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
203540

Olimlar 16 yil davomida koʻp sonli odamlar guruhining ovqatlanishi haqida maʼlumotlarni toʻplab, erta oʻlim xavfini oshiradigan ichimlikni topdilar.

TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Tarkibida shakar koʻp boʻlgan alkogolsiz ichimliklar erta oʻlimga olib kelishi mumkin. Bu haqda Live Science nashri xabar qildi.

Tadqiqotda Yevropaning 10 ta davlatidan yevropaliklar ishtirok etdi. Sinovga 450 ming koʻngillilar jalb qilindi. Statistik maʼlumotlar 16 yil davomida toʻplandi.

Ekspertlar isteʼmol qilinadigan mahsulotlar, boʻy, ogʻirlik, turmush tarzi va zararli odatlarning borligiga eʼtibor qaratishdi.

Olimlar noxush xulosaga keldi: shakarsiz yoki shakar oʻrnini bosadigan moddalar bilan alkogolsiz ichimliklarni isteʼmol qilish erta oʻlim xavfini 17 foizga oshiradi.

Shu bilan birga, shakarli gazli suvni afzal koʻrganlar, koʻpincha ovqat hazm qilish tizimi kasalliklaridan, parhez suvini yaxshi koʻradiganlar esa yurak va qon tomirlari kasalliklaridan aziyat chekadi.

Asosiy mavzular