18:24 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
19710

Facebook yangi xizmatidan dunyoning 20 ta davlatida foydalanish mumkin.

TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Facebook kompaniyasi oʻz ijtimoiy tarmogʻida tanishuv xizmatini ishga tushirdi.

Hozircha undan Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo aholisi foydalanishi mumkin. 2020 yil boshida Yevropaga keladi.

Yangi xizmat Facebook Dating nomini oldi. Dastur ishlab chiqaruvchilarning fikriga koʻra, “koʻproq yoqtirgan va birlashtiradigan narsalar: umumiy qiziqishlar, voqealar, guruhlar orqali sevgini topishga yordam beradi”.

Dunyonig 20 ta mamlakatida yangi ilovadan foydalanish mumkin (AQSH, Argentina, Boliviya, Braziliya, Vyetnam, Gayiana, Laos, Kanada, Kolumbiya, Malayziya, Meksika, Paragvay, Peru, Singapur, Surinam, Tayland, Urugvay, Filippin, Chili, Ekvador).

18 yoshga toʻlgan foydalanuvchilar yangi xizmatdan foydalanishi mumkin.

Asosiy mavzular