20:45 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1173 0 0

Afgʻoniston qurolli kuchlari avia zarbasi natijasida “Tolibon” harakatining eng xavfli “soyadagi hokimi” oʻldirildi.

TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Badaxshon provintsiyasida Afgʻoniston qurolli kuchlari avia zarbasi natijasida “Tolibon” harakatining eng xavfli “soyadagi hokimi” Kari Fasixuddin yoʻq qilindi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, bugun Varduj tumanida Fasixuddin qoʻriqchisi bilan birga oʻldirildi. 

Puli-Xumri shahrida harbiylar avia zarbasi natijasida “Tolibon” harakatining 40 jangarisi va Baglan provintsiyasi “soyadagi hokimi” yoʻq qilindi.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan

Mamlakat hududida ISHID* terrorchilik guruhining taʼsiri kuchaydi. Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat boʻylab aksilterror operatsiyalarini oʻtkazmoqdalar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular