13:42 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
437 0 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusning “katta ogʻasi” boʻlishi kerakligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusning “katta ogʻasi” boʻlishi kerakligini maʼlum qildi. U ikki davlat munosabatlari qardoshlik xususiyatiga ega ekanligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy

Sputnik Belarusning yozishicha, Lukashenko beloruslar “katta ogʻaga xiyonat qilishga yoʻl qoʻymasligini” taʼkidlagan. Biroq u Rossiyadan ogʻir damlarda qoʻllab-quvvatlashni talab qilgan.

“Rossiya haqida toʻxtaladigan boʻlsak, biz bir xalqmiz, men buni ming marta aytganman. Biz ular bilan hamisha birga boʻlganmiz, ular hamisha bizga yordamga kelishgan”, - degan Lukashenko Brest shahriga tashrifi davomida.

U Belarus hech qachon Rossiyaga xiyonat qilmasligi va undan yuz oʻgirmasligini qoʻshimcha qilgan.

“Hatto mensiz ham bunday boʻlmaydi”, - deya soʻzlariga yakun yasagan Lukashenko.

Asosiy mavzular