21:39 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
49630

Abu-Dabidagi gʻalabadan soʻng Habib Nurmagomedovga oʻzbekona zarbop chopon sovgʻa qilishdi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Kecha Abu-Dabida boʻlib  oʻtgan jangdan soʻng Habib Nurmagomedovga oʻzbekcha zarbop chopon sovgʻa qilishdi.

Tribunadan tashlangan choponni Habib tutib oldi va boshi uzra baland koʻtarib ortidan kelayotgan jamoa aʼzosiga tutqazdi. Ushbu lavhalar aks etgan video bir zumda internetda ommaviylashib ketdi.

Rossiyalik yakkakurashchi, Habib Nurmagomedovning oʻzbekistonlik muxlislari juda koʻp. Xususan, u AQShda jangga tayyorgarlik koʻrgan vaqtlarida ham ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik sportchilar bilan birga tushgan suratlarini chiqarib turardi. Undan tashqari Nurmagomedov ushbu yilning may oyida Oʻzbekistonda boʻlgan edi.

Asosiy mavzular