18:29 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
220 0 0

Tojikistonda Davlat mustaqilligi kunida Rogʻun GESning ikkinchi agregatini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rogʻun GESning ikkinchi agregatini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Rogʻun GESning ikkinchi agregatini ishga tushirish marosimida mamlakat rahbariyati, hukumat aʼzolari, diplomatik missiyalar rahbarlari, Tojikistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilotlar hamda Rogʻun quruvchilari ishtirok etishdi.

Tojikiston moliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda Rogʻun gidroelektrostantsiyasini qurish uchun davlat byudjetidan 2,1 milliard somoni (222,6 million dollar) ajratilgan.

Emomali Rahmon Rogʻun GESini qurgan quruvchilarga davlat mukofotlarini topshirdi

Eslatib oʻtamiz, Rogʻun gidroelektrostantsiyasining birinchi agregati 2018 yil 16 noyabrda ishga tushirilgan edi.

Asosiy mavzular