13:29 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
63710

Los-Anjeles shahrida istiqomat qiluvchi Jennifer Pamplona teleyulduz va model Kim Kardashyanga oʻxshash uchun plastik jarrohliklarga yarim million dollardan ortiq mablagʻ sarfladi.

TOSHKENT, 9 cen – Sputnik. Los-Anjeles shahrida istiqomat qiluvchi Jennifer Pamplona teleyulduz va model Kim Kardashyanga oʻxshash uchun plastik jarrohliklarga yarim million dollardan ortiq mablagʻ sarfladi. RIA novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Jennifer Pamplona 20 ta protsedura va plastik jarrohlikdan oʻtdi. Biroq, kosmetologga oxirgi tashrifi 27 yoshli amerikalik ayol uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

Pamplona labini kattalashtirishga qaror qildi, ammo bu amaliyotdan soʻng unda allergiya boshlandi. Uning soʻzlariga koʻra, ogʻzida kuchli ogʻriq boʻlib, qon ketgan. Tashqi koʻrinishi umuman buzildi.     

Qiz uydan chiqmay, har safar koʻzguda oʻzini koʻrganda yigʻlagan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Jennifer Pamplona (@jenniferpamplona)

Pamplonaning soʻzlariga koʻra, u bu voqeadan kerakli saboq oldi va endi plastik jarrohlarga hech qachon murojaat qilmaydi.

“Men hech qachon oʻzimni operatsiya qilmayman. Men bilan yuz bergan voqea, labini kattalashtirmoqchi boʻlgan qizlarga dars boʻlib qolishini istayman. Bu umuman chiroyli emas”, - deydi ayol.

Asosiy mavzular