01:54 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Svadba

Qozogʻistonda 15 yoshli oʻsmirlar turmush qurdi. Toʻyga nima sabab boʻldi?

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Dunyoda
Havola olish
2130 0 0

Aqtauda ikki yoshning turmush qurishi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda. Yosh kelinchik post yozib qoldirdi va turmush qurishining sabablarini keltirib oʻtdi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Qozogʻistonning Aqtau shahrida 15 yoshli oʻsmirlar turmush qurdi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Aqtauda ikki yoshning turmush qurishi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda. Kollejda tahsil olayotgan juftlik yosh boʻlishlariga qaramasdan qolgan umrlarini birgalikda oʻtkazishga qaror qilishgan.

Surxondaryoda namunali toʻy boʻldi - mehmonlar soni 167 kishi

Yosh kelinchak uni oʻgʻirlab ketishgani va uyga qaytish isnod ekanini aytgan.

“Ikkalamiz ham 2004 yilda tugʻilganmiz. 15 yoshdamiz. Turmush oʻrtogʻimning ota-onasi bilan Aqtauda yashayman. Biz uch-toʻrt oy uchrashib yurdik, keyin turmush qurishga ahd qildik. Albatta, avvaliga ota-onalarimiz qarshi edi. Meni oʻgʻirlab ketishdi. Ota uyiga qaytib kelgan qizdan yomoni yoʻq deganlaridek, men qolishga qaror qildim. Buning ustiga, biz bir birimizni sevamiz”, - deya yozgan qozogʻistonlik yosh kelinchak.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot RakhmandullaAsem❤️ (@mukhamedinova_10)

Toʻydagi suratlari bilan ishtimoiy tarmoqda boʻlishgan. Suratlar sanasiga eʼtibor qaratib, ikki yoshning visol oqshomi 2019 yil iyul oyida boʻlib oʻtganini fahmlash mumkin. Ayrimlarning fikriga koʻra, yoshlar nikohlarini rasmiy ravishda qayd ettirishmagan,  shariat qonunlariga binoan turmush qurish bilan kifoyalanishgan, xolos.

Qozogʻistonda 18 yoshdan oila qurish mumkin. Roʻyxatga oluvchi organlar nikoh yoshini uzrli sabablarga koʻra ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga kamaytirishlari mumkin. Nikoh yoshiga toʻlmaganlarning oila qurishiga faqat ona-onalar yoki qonuniy vakillarning yozma roziligi asosida ruxsat beriladi.

Bir necha kun ilgari Eronda 11 yoshli qizchani turmushga berilishi qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda prezident qarori bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Asosiy mavzular