13:20 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Teleskop v Kitaye

Xitoy astronomlari kosmosdan sirli signallarni qayd etishdi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
66630

Xitoylik astronomlar tezlik bilan qaytarilayotgan signallar kelayotgan manbani aniqlashdi.

TOSHKENT, 9 cen – Sputnik. Xitoylik astronomlar tez takrorlanadigan signallar kelgan manbani aniqlashdi. Bu haqda RIA Novosti Sinxua yangiliklar agentligiga asosan xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, manba Yerdan uch milliard yorugʻlik yili masofada joylashgan boʻlishi mumkin. "Tez radio toʻlqinlari" dunyodagi eng katta FAST radio teleskop yordamida aniqlandi. Signallar bir necha millisekundgacha davom etadigan radio impulslar koʻrinishida namoyon boʻldi. Hozircha olimlar buning sababini tushuntirib bera olishmayapti.

Avgust oyi oxiridan sentyabrgacha ushbu qurilma yuzdan ortiq shunday radio toʻlqinlarni aniqladi. Hozir ular mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda.

FAST teleskopi Xitoyning janubiy Guychjoy provitsiyasining togʻlarida joylashgan.

Asosiy mavzular