14:41 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Qozogʻistonda 11 nafar pedofil kimyoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
563 0 0

Qozogʻistonda 11 nafar pedofil kimyoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Qozogʻistonda 11 nafar pedofil kimyoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda bu chora ikki kishiga nisbatan qoʻllanilmoqda.

“Sudning kimyoviy kastratsiya shaklida tibbiy majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud hukmi bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab 11 nafar mahkum kastratsiya qilishga hukm qilindi. Hozirgi vaqtda protsedura ikki mahkumga nisbatan amalga oshirilmoqda”.

Sud-psixiatrik ekspertiza natijalariga koʻra sud qaroriga koʻra kimyoviy kastratsiya qilinadi.  Bu chora voyaga yetmagan shaxslar jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan, 18 yoshdan katta boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

Kimyoviy kastratsiyaga qancha mablagʻ ajratildi

Qozogʻistonda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarni kimyoviy kastratsiya qilish uchun 2018 yil 1 yanvardan ruxsat berildi.

Oʻtgan yili byudjetdan 9 million 629 ming tenge (taxminan 25 ming dollar) ajratilgan. Kimyoviy kastratsiya qilinadiganlar yoʻqligi sababli, mablagʻlar byudjetga qaytarildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy yordamni tashkil etish boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilda 11 million 038 ming tenge (28 ming dollar) ajratilgan.

Byudjet buyurtmalariga koʻra, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari 2019 yil uchun 88 bemor, 2020 yilda 71 bemor kimyoviy kastratsiyasi uchun moliyaviy mablagʻ koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular