16:20 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Moskva

Peskov: "AQSH agenti" Oleg Smolenkov prezident maʼmuriyatida ishlagan

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Dunyoda
Havola olish
692 0 0

AQSH "qimmatli shpionini" Rossiyadan maxsus operatsiya yordamida olib chiqib ketgani, bu - "Pulp Fiction", yaʼni shunchaki sarguzasht yoki detektiv toifasidan - dedi Peskov.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Shu kunlarda ayrim AQSH OAVlari tomonidan amerika "qimmatli shpioni" deb atalayotgan Oleg Smolenkov Kreml maʼmuriyatida ishlagan, dedi Dmitriy Peskov, RIA Novostiga.

“Xa, rostdan ham Oleg Smolenkov prezident maʼmuriyatida ishlagan, lekin bir necha yil oldin u ishdan haydalgan. Uning lavozimi yuqori lavozimar kategoriyasiga kirmagan. OAVlar tomonidan tarqatilayotgan kimdir birovni qutqargani haqidagi gaplar – bu "Pulp Fiction", yaʼni shunchaki detektiv toifasidan”, - dedi Peskov.

NBC telekanali xabariga koʻra, AQShning “qimmatli informatori" Vashington shahri yaqinida, AQSH hukumati himoyasida yashaydi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin bir qator AQSH OAVlarida Amerika oʻzining qimmatli shionini 2017 yilda Rossiyadan olib chiqib ketgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Maqolada aytilishiga koʻra, bunga sabab prezident Donald Trampning maxfiy qozozlar bilan ishlashda qoʻygan ehtiyotsizligi boʻlgan.

Rossiyalik ekspet Igor Nikolaychuk aytishiga qaraganda, ushbu shov-shuvning asl sababi butunlay boshqacha boʻlishi mumkin. Kelasi yilda AQShda prezident saylovlari boʻlib oʻtishi kerak. Bu Tramp raqiblari tomonidan ushbu saylovga oʻziga xos tayyorlanish boʻlishi mumkin. Shov-suvning asl sababi – AQSH prezidenti oʻz saylovchilari oldida obroʻsini tushirish boʻlishi mumkin.

 

 

 

 

Asosiy mavzular