13:38 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Reanimatsionnoye otdeleniye

Yurakni larzaga soladigan voqea: Tayvanda miyasi oʻlgan ayol turmushga chiqdi

© Sputnik / Vladimir Smirnov
Dunyoda
Havola olish
48220

Tayvanda miyasi oʻlgan ayol turmushga chiqdi. Qarindoshlar yonida yigit palataning oʻzida kelin qoʻliga uzuk taqdi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Tayvanda miyasi oʻlgan ayol turmushga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti Asia One portaliga asosan xabar qildi.

Juftlik 11 davomida uchrashgan. Avgustda 32 yoshli ayol Taybey tumanlaridan birida YTHga uchradi: u mototsiklda ruxsat etilmagan joyda burilayotgan vaqtda avtomobil urib yubordi. Uch kundan keyin unda miya oʻlimini qayd etishdi, bundan keyin qizning hayoti sunʼiy ushlab turildi.

Oʻziga xos toʻy marosimi palataning oʻzida oʻtkazildi. Qarindoshlar yonida yigit kelinning qoʻliga uzuk taqdi.

Marosimdan soʻng qiz hayot ushlab turish qurilmasidan uchirildi. Qarindoshlar uning tana aʼzolarini muhtojlarga transplantatsiya qilishga ruxsat berishdi.

Asosiy mavzular