Qozog‘iston shimolida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 33 nafar o‘quvchi qiz homilador bo‘ldi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Vaksinatsiya ot kori - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 11 nafar pedofil kimoviy kastratsiya qilishga hukm qilindi

Bu turdagi ma’lumotlar darhol tibbiy muassasalardan politsiya bo‘limiga yuboriladi. U yerda qizlarning sheriklarini javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhining o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori Sairan Sarkenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ro‘yxatga olingan balog‘atga yetmaganlarning homilador bo‘lishining barcha holatlarida ular sheriklari jinoiy javorgarlikka tortilmagan, chunki ular homilador qizlarga tezda uylanishgan.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, viloyat maktablarida jinsiy tarbiya bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda, ota-onalari bilan ishlar tashkil etilgan, ammo bunday holatlardan qochib bo‘lmayapti.

Biroq o‘tgan yilga nisbatan qizlarning erta homiladorligi bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshilandi. O‘tgan yilning shu davrida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarning homiladorlik holati 14 ta, voyaga yetmaganlarning 39 ta homiladorligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0