Apple uchta yangi iPhone taqdim etdi

© AFP 2023 / JUSTIN SULLIVANPrezentatsiya novogo iPhone 11 Pro
Prezentatsiya novogo iPhone 11 Pro  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Apple Kuppertinoda yangi iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Maxni taqdim etdi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Apple kompaniyasi Kuppertinoda 3ta yangi iPhone taqdim etdi: iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yangi iPhone 11 ikkita kameraga ega bo‘ldi. Yangi 12 megapikselli kamera keng burchakli (13mm) obyektivga ega bo‘lib, tunda yaxshi suratga olish xususiyatiga ega (Night Mode). IPhone 11 kamerasi, shuningdek, 2 karrali optik zum va 4K rejimda video suratga olish xususiyatiga ega bo‘ladi.

Prezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max - Sputnik O‘zbekiston
Apple rahbariyati iPhone narxi tushirilishini e’lon qildi

Undan tashqari 11 ayfon 6,1 duymli Liquid Retina displeyiga ega bo‘ladi. Yangi smartfon 6 xil rangda ishlab chiqariladi.

IPhone 11 Pro – 5,8 dumli ekran va uchinchi teleobyektivli kamera bilan jihozlanadi. Uning kattalashtirilgan versiyasi esa  11 Pro Max deb ataladi va 6,5 duymli ekranga ega bo‘ladi. Ushbu telefonlarga Super Retina XDR rusumli displey o‘rnatiladi.

Barcha yangi smartfonlar Apple kompaniyasining bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng tez protsessori - A13 bilan jihozlanadi. Yangi protsessor juda tez bo‘lishi bilan birga u energiya tejovchi ham.

IPhone 11 Pro eski iPhone XSga nisbatan 4 soat ko‘proq ishlashi mumkin.

IPhone 11ning narxi 699 dollarni, IPhone 11 Pro esa - 999 dollar, IPhone 11 Pro Max - 1099 dollarni tashkil qiladi.  Smartfonlar 20-sentabrdan sotuvga chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0