17:07 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Boyevik dvijeniya Taliban

Toliblar Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan yana bir hududni bosib oldi

AP Photos / Allauddin Khan
Dunyoda
Havola olish
512 0 0

Jangarilar Tojikiston yaqinidagi Darkad uyezdini oʻz nazoratiga olishdi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. “Tolibon” harakati jangarilari bir kun ichida yana bir afgʻon - Darkad uyezdini bosib oldi.  Bu hudud Tojikiston bilan chegaradagi Taxar provintsiyasida joylashgan.

1TV telekanali xabar qilishicha, bu maʼlumot jangarilar Yangi-Kala hududini bosib olingandan bir necha soatdan keyin paydo boʻldi. Buni mahalliy gubernator Javad Xijri tasdiqladi. Taʼkidlanishicha,  hududda jangovar harakatlar davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha “Tolibon” harakati jangarilari Tojikiston bilan chegarasida Taxar provintsiyasida joylashgan Yangi-Kala uyezdini bosib olgandi.

Toʻqnashuvlarda 28 nafar toliblar va ularning komandiri Mulla Imomuddin yoʻq qilindi.

Asosiy mavzular