03:53 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Samolet-razvedchik Boeing RC-135W v VVS Velikobritanii

Britaniyaning razvedka samolyoti Rossiya chegarasi yaqinida parvoz qildi

Sgt Si Pugsley, VVS Velikobritanii
Dunyoda
Havola olish
285 0 0

Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli radio razvedka samolyoti Rossiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirdi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlariga qarashli radio razvedka samolyoti Rossiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasi yaqinida parvoz amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti PlaneRadar’ga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Boeing RC-135W samolyoti uchta Boltiq respublikasi hududi ustidan Leningrad va Pskov viloyati chegaralari yaqinida parvozni amalga oshirdi.

Keyinchalik razvedka samolyoti janub tomon parvoz qilgan va Polsha hududi – Belarus va Kaliningrad viloyati chegaralari yaqinida uchgan.

Kechqurun samolyot oʻz missiyasini yakunlab, aerodrom tomon parvoz qilgan.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo boʻlmoqda.

Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida koʻrishmoqda.

Asosiy mavzular