17:07 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
109110

Kerkidan qishlogʻi aholisi Oʻzbekiston harbiylari tomonidan toʻsiqlar oʻrnatilishi holati yuzasidan norozilik bildirdi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Oʻsh viloyati Aravan tumani Kerkidan qishlogʻi hokimi Kurmanbek Aytibayev tumanda vaziyat barqaror ekanligi va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilganini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 10 sentyabr kuni Oʻzbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori tumanidagi qirgʻiz-oʻzbek chegarasida toʻsiqlar oʻrnatish ishlarini boshlashdi.

Qirgʻizistonliklar bu toʻsiqlar oʻrnatilishi noqonuniy deb hisoblab, ushbu joyda miting oʻtkazishdi.

Kerkidan qishlogʻi hokimi Kurmanbek Aytibayevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori yaqindagi “oʻz uchastkasida” toʻsiqlarni oʻrnatishgan.

“Bu uchastkada ikki davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan muzokaralarda hisobga olingan. Biroq davlat chegara belgilari oʻrnatilmagan... Huquq-tartibot organi aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror, odamlar tarqab ketdi”, - deb taʼkidladi Aytibayev.

Asosiy mavzular