18:37 24 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
157 0 0

“Fyodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi. Uning oʻrniga boshqa yangi robot tayyorlanmoqda.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Yaqinda XKSda boʻlgan “Fyodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi. Bu haqda RIA Novostiga “Androidnaya texnika” direktori Yevgeniy Dudorov maʼlum qildi.

“U yerda boshqa qiladigan ishi qolmadi, u oʻz vazifasini bajardi. Yening oʻrniga ochiq fazoga boshqa robot uchadi. Uning tayyorlash ishlari boshlandi”, - dedi u.

Dudorovning soʻzlariga koʻra, “Fyodor” bu vazifaga nima uchun toʻgʻri kelmadi: uning oyogʻi bor, ular esa ochiq kosmosda kerak emas.

Yangi android “Aleksey Leonov” ochiq fazoga chiqqan robot boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 22 avgust kuni Rossiya ilk bor odamsifat “Fyodor” nomli robotni “Soyuz MS-14” raketasida fazoga uchirgandi. Besh sutkadan soʻng kema XKSga ulandi. U yerda Aleksey Ovchinin va Aleksandr Skvortsov tadqiqot oʻtkazishdi. Shanba kuni “Fyodor” Yerga qaytdi.  

Asosiy mavzular