16:46 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zenitno-raketnыy kompleks S-400 Triumf

Britaniyada Rossiyaning eng xavfli qurolini aytishdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov
Dunyoda
Havola olish
797 0 0

Buyuk Britaniyaning Qurolli kuchlari shtab boshligʻi Rossiyaning eng xavfli qurollarini aytdi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. S-400 zenit-raketa kompleksi, “Bastion-P” sohil raketa majmuasi va “Iskander” tezkor-taktik kompleksi - Rossiyaning eng xavfli quroli hisoblanadi. Bu haqda Janes 360 nashri Buyuk Britaniyaning Qurolli kuchlari shtab boshligʻi Juliann Bollga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Taʼkidlanishicha, Buyuk Britaniyada bunga mos javob tayyorlash talab etadi.

Bollning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomonidan bu raketa tizimlaridan foydalangan holda kirishni cheklash va manevr zonalari (A2/AD - tahr.) Britaniyaning oʻzgaruvchan vaziyatga tezda javob berish qobiliyatiga shubha tugʻdirmoqda.

Bunday cheklovga qarshi sunʼiy intellekt yordamida zamonaviy qurol turlarini ishlab chiqish va jangovar taktikasini oʻzgartirishni taklif qiladi.

A2/AD - oʻz kuchlarini qoʻriqlanadigan hududga joylashtirish yoki koʻchirish uchun katta xavf tugʻdirib, dushmanni (qurol-aslaha toʻplamini) ushlash kontseptsiyasi.

S-400 “Triumf”  - aviatsiya, qanotli va ballistik raketalar, shuningdek quruqlikdagi obʼyektlarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan zamonaviy zenit-raketa kompleksi hisoblanadi. Taʼsir qilish uzoqligʻi – 400 km, kompleks 30 km balandlikda nishonlarni yakson qilishi mumkin.

"Bastion" –suv va havo kemalariga zarba berish uchun moʻljallangan quruqlikdagi raketa tizimi.

“Iskander” - taktik raketa tizimi. Ushbu majmualarning asosiy maqsadi dushmanning havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimini, shuningdek 500 kilometrgacha masofada joylashgan eng muhim obʼyektlarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan.

 

Asosiy mavzular