06:47 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
SIZO g. Alma-Ata Kazaxstan

Qozogʻistonda mingdan ortiq pedofil politsiya hisobiga olingan

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko
Dunyoda
Havola olish
334 0 0

Qozogʻiston huquq-tartibot organlarida 1 350 pedofil va 2 800 zoʻravon roʻyxatga olingan.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Yil boshidan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 589 ta huquqbuzarlik roʻyxatga olingan. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston Ichki ishlar vazirning birinchi oʻrinbosari Marat Kojayevga asosan xabar qildi.

Bugungi kunda 1350 pedofil va 2831 zoʻravon politsiya hisobiga olingan.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida Jinoyat kodeksining 124-moddasi "Voyaga yetmaganlarni axloqsizlikka oʻrgatish" jinoyatlari 5,5 foizga kamaydi. Biroq voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik holatlari bilan bogʻliq jinoyatlar soni koʻpaygan.

Har ikkinchi bunday jinoyat kvartira, xususiy uy va yotoqxonalarda sodir etilgan. Shu oʻrinda 77 foiz jinoyatlar yaqin qarindoshlar - otalar, oʻgay otalar, onasi bilan yashaydigan erkaklar, qarindoshlar, qoʻshnilar va tanishlar tomonidan sodir etilgan. Bu jinoyatlarda dalillarni toʻplashda qiyinchiliklar mavjud.

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik bilan bogʻlik jinoyatlar uchun 1575 mahkum Qozogʻistonning tuzatish muassasalarida jazoni oʻtamoqda.

Asosiy mavzular