Sergey Lavrov Suriyada urush yakunlanganini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyadagi urush haqiqatan yakunlanganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Trud” nashriga bergan intervyusida Suriyadagi urush haqiqatan yakunlanganini ma’lum qildi.

“Mamlakat sekin-asta normal, osuda hayotga qaytmoqda. Suriya hukumati nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda, misol uchun, Idlib va Frot darosining sharqiy sohilida ba’zi keskinlik o‘choqlari saqlanib qolmoqda”, - deya Lavrov so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda Suriyaga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va ushbu mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli barqarorlikka erishish uchun inqirozni bartaraf etish bo‘yicha siyosiy jarayonni ilgari surish vazifalari birinchi o‘ringa chiqmoqda.

Lavrov Rossiya Suriyadagi tomonlar, jumladan, muxolifat bilan muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga katta ahamiyat berishini va Suriya jamiyatining barcha guruhlarining siyosiy jarayonda  ishtirokini ta’minlashga chaqirishishi qo‘shimcha qilgan.

Prezident Irana Xasan Ruxani, Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Putin Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Tehronga keldi

“Umuman olganda, Rossiya suveren, hududiy yaxlit Suriyani tiklash, barcha suriyaliklarning vatanlariga, davlatning esa “arab oilasi”ga qaytarilishi hamda terrorchilik oqibatlarini tezroq yengish tarafdoridir. Bu Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash garovi bo‘ladi”, - deya xulosa qilgan Rossiya TIV rahbari.    

Suriyadagi qurolli mojaro 2011-yildan buyon davom etib kelmoqda. 2015-yil avgust oyida mamlakat prezidenti Bashar Asad Rossiyaga harbiy yordam so‘rab murojaat qildi. O‘sha yili 30-sentabrdan Rossiya havo-kosmik kuchlari terrorchilarning infratuzilmalariga zarba berdi.

2017 yil oxirida “Islom davlati”* ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qilindi. Hozirda Endi siyosiy barqarorlik, mamlakatni tiklash va qochoqlarni qaytarish birinchi o‘ringa chiqdi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot

Yangiliklar lentasi
0