19:54 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Robot v restorane

Turkiyadagi restoranda ofitsiant-robotlar paydo boʻldi

© AFP 2018 / PRAKASH MATHEMA
Dunyoda
Havola olish
260 0 0

Istanbuldagi restoranda mijozlarga ofitsiant-robotlar xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bundan avval aeroportda robot-maslahatchilar ish boshlagan edi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Istanbulning Atakyoy tumanidagi restoranlaridan birida mijozlarga ofitsiant-robotlar xizmat qilmoqda.

Bu haqda RIA Novosti'ga restoran direktori Myujaxit Kushman maʼlum qildi.

“Birinchi marta robotlarni ishga tushirish haqida taklifni mijozimiz - professor taklif qildi. Buni biz amalga oshirdik. Robotlarni oʻzimiz brendi va unga mualliflik huquqini rasmiylashtirdik. Hozir bizda uchta robot bor. Ularni xorijda buyurtma qildik, turkiyalik muhandislar esa ularni dasturlashdi”, - deydi suhbatdosh.

Uning soʻzlariga koʻra, robotlar restoranga koʻplab mijozlarni jalb qilmoqda.

Robotlar kerakli stolga borish va gaplashishni biladi. Texnologiyalar rivojlanishi bilan kelajakda ofitsiant kasbiga talab keskin kamayadi.

Avgust oyida Istanbul aeroportida robot-maslahatchilar tajriba tarzida ish boshlagan edi.

Robotlar yoʻlovchilarga aeroportda yordam berish uchun moʻljallangan, ular chiptadan matnni oʻqish, parvoz maʼlumotlari haqida savollarga turk va ingliz tillarida javob berishlari mumkin.

Asosiy mavzular