Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPamatnik arxitekturi i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krimu
Pamatnik arxitekturi i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya Ukraina prezidentiga tinchlanishni va yoga yoki mediatatsiya bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni “qaytarib olish” borasidagi g‘oyasi hech qachon ish bermasligi va ko‘proq bema’ni gaplarni eslatishini aytdi.

Avvalroq Ukraina yetakchisi Kiyev yarimorolni qaytarish bo‘yicha yangi formatlar ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgandi. Biroq u tafsilotlarni ochiqlamagandi.

Prezident Ukraini V. Zelenskiy posetil shkolu deputatov  partii Sluga naroda - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiyni Qrimga taklif qilishdi

Bunga javoban Bobkov Ukraina hukumatini Rossiya bilan to‘laqonli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni boshlashga chaqirgan.

Hech kimning, hech qanday texnologiya, loyiha va strategiyaning qo‘lidan kelmaydigan narsalar mavjud. Bu narsalar azaldan shakllanib kelgan Men Kiyev hukumatiga sirli qutquga vaqt sarflamasliklarini maslahat beraman”, - deya ta’kidlagan Vladimir Bobkov.

Vitse-spiker Qrimning Rossiya tarkibiga kirishi tarixiy jarayon bo‘lganini aytgan.

Bobkov Ukraina hukumati fikrini faqat Kiyevda “bema’nigarlik bilan shug‘ullanishni bas qilishganda” hisobga olish mumkin bo‘lishini qo‘shimcha qilgan

Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya ham xuddi shunga o‘xshash fikrni bildirgan. U Ukraina prezidentiga tinchlanishni va yoga yoki mediatatsiya bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014-yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz bergan.

Yangiliklar lentasi
0