19:10 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
musulmanki

Kanadada roʻmol oʻragan oʻqituvchilar ishdan boʻshatildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Dunyoda
Havola olish
57811

Roʻmol oʻragan oʻqituvchilarni ishdan boʻshatilishi Kanadada shov-shuvlarga sabab boʻldi. Ushbu voqeadan keyin mamlakat musulmonlar milliy kengashi sudga murojaat qildi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Kanadaning Monreal shahrida ikkita oʻqituvchi dars vaqtida hijobda boʻlgani uchun ishdan haydaldi.Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah gazetasi xabar qildi.

Kanadaning Kvebek provintsiyasida diniy belgilarni taqib yurishni taqiqlash haqida qonun kuchga kirdi. Bu talab davlat xizmatchilari, oʻqituvchilar, shifokorlar, advokatlar va avtobus haydovchilarga tegishli.

Monreal oʻqituvchilar uyushmasining raisi Ketrin Bove-Sen-Per taʼkidlashicha, musulmon oʻqituvchilarga hijobni yechish yoki ishdan boʻshash tanlovi berilgan.

Shu oʻrinda Kvebek taʼlim vaziri yangi qoidalarga rioya qilish kerakligini taʼkidlamoqda.

"Har bir maktab kengashi qonunga rioya qilishi kerak. Intizomiy jazoga tortilishni istamaganlar uchun hijobni yechish va oʻz ishini bajarish imkoniyati mavjud", - deydi u.

Shuningdek, aks holda maktab jarimaga tortilishi mumkinligi va qonunni bajarishni rad etganlar ishdan boʻshatilishi kerakligini taʼkidladi.

Ushbu voqeadan soʻng, bu qonun loyihasiga qarshi boʻlgan Kanada musulmonlarining milliy kengashi (NCCM) qonunni bekor qilish talabi bilan Kvebek Oliy sudiga murojaat qildi.

Asosiy mavzular