19:42 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Zdaniye ministerstva inostrannыx del Rossii v Moskve

Moskvada tolibon delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Maksim Blinov
Dunyoda
Havola olish
495 0 0

Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda "Tolibon" vakillari AQSH bilan suhbatni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.  

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Afgʻonistonningn radikal harakati “Tolibon” vakillari Moskvaga kelishdi. Rossiya tashqi shlar vazirligida Tolibon delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tashqi ishlar vazirligida Tolibon delegatsiyasini Rossiya TIVining Ikkinchi Osiyo  departamenti direktori, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili - Zamir Qobulov  qabul qilgan.

“Uchrashuvda Rossiya tomon Tolibon va AQSH orasida muzokaralarni davom ettirish kerakligini taʼkidladi. “Tolibon” vakillari, oʻz navbatida, ular Vashington bilan suhbatni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi”, - deyilgan Rossiya TIV xabarida.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada AQSH prezidenti Donald Tramp Qobulda boʻlib oʻtgan terakt tufayli “Tolibon” vakillari bilan boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan uchrashuvini bekor qilgan edi. Undan tashqari “Tolibon” Tojikiston bilan chegaradosh hududda bir necha qishloqlarni egallab olgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular