SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishGolub u fontana.
Golub u fontana.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jonivorlarni josus sifatida ishlatish oson bo‘lmagan. Ushbu dasturda ko‘plab muammolarga duch kelingan. Xususan, trenerlar bilan ishlagan delfinlar dala sharoitlarida SRU agentlari bergan buyruqlarni bajara olmagan.

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmais hayvonlarni, shu jumladan, delfinlar, qushlar va hatto mushuklardan "sovuq urush" yillarida josuslik maqsadida foydalanganlik to‘g‘risidagi qator hujjatlarni maxfiylik darajasidan chiqardi.

Kirgizskie pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Josus dastur: Xitoyda turistlar telefoniga noma’lum ilova o‘rnatilmoqda – OAV

AQSh ap Sovet Ittifoqi jonivorlardan razvedka faoliyatida foydalanish uchun tadqiqotlar o‘tkazgani haqida avvaldan ma’lum edi. SRU (MRB) saytida e’lon qilingan faktlar esa ilgari oshkor qilinmagan noma’lum detallarga oydinlik kiritadi. Xususan, omma uchun yopiq bo‘lgan SRU muzeyida turgan bo‘ynida ko‘chma fotoapparat bo‘lgan kabutar surati ommaga e’lon qilingan. Fotokamera 35 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan, fotoaaparat qush tanasiga mahkamlangan tasma og‘irligi 5 grammcha kelgan.

SRUda jonivorlardan foydalanish dastur ustida 1960-yy ishlar olib borilgan. Bu yerga gap kabutarlardan tashqari, mushuk va it, qush va delfinlardan foydalanish haqida ham borgan.

Qushlar, shu jumladan, kabutarlar va qarg‘alar juda kichik bo‘lgan yuklarni, xususan eshitish qurilmalarini yetkazib berishda foydalanilgan. Shuningdek, SSSR territoriyasida razvedka olib borish, yoki u hududga sensorli apparaturani yetkazib berish uchun migratsiya qilayotgan qushlardan foydalanish imkoniyati ham o‘rganilgan.

Yuklarni yuborish uchun delfinlardan ham foydalanila boshlagan. Floridadagi bazada ushbu jonivorlar shartli dushmanning kemalariga hujum qilish uchun foydalanishga harakat qilingan. Shuningdek, ularning ustiga qayd etuvchi apparatura ilingan va undan sovet suvosti kemalarini aniqlash yoki radiatsiya izlarini yo‘qotishda foydalanilgan.

Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tarixi – josus nazarida

Dastur ko‘plab muammolarga duch kelgan. Xususan, trenerlar bilan ishlagan delfinlar dala sharoitlarida SRU agentlari bergan komandalarni bajara olmagan.

SSSRda aniq manzillar o‘rtasida harakatlanishi kerak bo‘lgan kabutarlar Vashingtonda sinovdan o‘tkazilgan, biroq natijalar SRUni qoniqtirmagan. Bir gala qushlar qimmatbaho kameralar bilan yo‘qolib qolgan. Kabutarlardan bittasi qirg‘iy hujumidan so‘ng omon qolgan, biroq kamerani yo‘qotib qo‘ygan. Boshqa kabutarlar ancha yaxshi suratlarni tushirishgan. Rolikdagi 140ta suratdan yarmi yaxshi bo‘lgan, ayrim suratlarda Vashingtondagi harbiy obyekt joylashgan ko‘chalardagi holatlar tasvirlangan bo‘lgan.

1976 yilgi hujjat esa SRU SSSR territoriyasida takroriy josuslik operatsiyasini o‘tkazish dasturini ishlab chiqqanligidan dalolat beradi. Qushni u tezda SSSR chegarasidagi bazaga uchib kela olishi uchun Leningraddagi kemasozlik verfi hududida qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, 1976-yilda o‘tkazilgan "dala sinovi" natijada maqsadga muvofiq emas, deb topilgan. Bunday urinishlar keyin ham takrorlanganmi, yo‘qmi, bu noma’lum. Shunday bo‘lsa-da, Moskvadagi elchixonaga kabutarlarni yetkazib berish va ularni keyinchalik mahfiy tarzda qo‘yib yuborish rejalari o‘rganilgan. Misol uchun qushlarni avtomobillarning ostki qatlamidagi tuynuk orqali qo‘yib yuborish usullari ko‘rib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0