05:29 12 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Rossiyskiye rubli

Rossiyada eng koʻp haq toʻlanadigan kasb maʼlum qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Dunyoda
Havola olish
110910

Taʼkidlanishicha, Rossiyada ushbu kasb egalariga oyiga 430 ming rubl (6,7 ming dollar) toʻlashga tayyorlar.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mamlakatda eng koʻp haq toʻlanadigan lavozimni maʼlum qildi.

Idora maʼlumotlariga qaraganda, baliqchilik sohasidagi uskunalarni taʼmirlash boʻyicha mexanik Rossiyada eng yuqori haq oladigan boʻsh ish oʻrni ekani maʼlum boʻldi. “Izvestiya” nashri mazkur hujjat bilan tanishib chiqdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu kasb egalariga oyiga 430 ming rublni (6,7 ming dollar) toʻlanadi.

Rossiya Baliqchilik ittifoqi direktori Sergey Gudkov bergan izohga koʻra, mexaniklarning oʻrtacha daromadi odatda 200 ming rubl (3,1 ming dollar)dan oshmaydi va reytingda koʻrsatilgan ish haqi xodimga alohida ehtiyoj mavjud boʻlganda va juda kamdan-kam hollarda taklif qilinishi mumkin.

Eng koʻp haq toʻlanadigan boʻsh ish oʻrinlari roʻyxatidagi ikkinchi oʻrinni koʻmir qazib olish sohasidagi boʻlim boshligʻi va samolyot uchuvchisi oʻzaro boʻlishib olgan. Ularning maoshlari oyiga 330 ming rubl (5,1 ming dollar)ni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq rossiyaliklar oyiga 66 ming rubl (995 dollar) miqdordagi ish haqi adolatli va munosib ekanligini maʼlum qilishgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular