07:55 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Sooronbay Jeenbekov provel soveщaniye po situatsii na kыrgыzsko-tadjikskoy granitse

Qirgʻiz-tojik chegarasida yana otishma: Jeenbekov yigʻilish oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta KR / DOSALIEV SULTAN
Dunyoda
Havola olish
80800

Ikki davlat harbiylari oʻrtasidagi otishma bir necha soat davom etgan. Oqibatda qirgʻizistonlik chegarachi halok boʻlgan va bir necha mahalliy fuqaro yaralangan.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasida otishma roʻy berdi. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Tojikiston bilan boʻlgan chegaradagi vaziyat yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

"Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 17 sentyabr kuni prezident apparati rahbari Dosali Esenaliyev, xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev, tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov va prezident apparatining tashqi siyosat boʻlimi mudiri Daniyar Sidiqov ishtirokida Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasida yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Yigʻilishda Sooronbay Jeenbekov Batkent viloyatidagi davlat chegarasida mojara yuzaga kelgandan boshlab toʻliq tezkor axborotni olib turganini maʼlum qilgan.

Shuningdek, u mojaroning yanada kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik, mahalliy aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini taʼkidlagan.

Jeenbekov chegaradagi vaziyatni tartibga solish xalqaro huquq va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida qatʼiy ravishda amalga oshirilishi kerakligini qayd etgan.

Prezident halok boʻlgan chegarachining oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan.

16 sentyabr kuni Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasida belgilanmagan uchastkadagi qurilish sabab otishma roʻy berdi. Maʼlum qilinishicha, qirgʻizistonlik chegarachi halok boʻlgan, ikki tarafdan bir necha fuqarosi yarador boʻlgan. Ikki davlat harbiylari oʻrtasidagi otishma bir necha soat davom etgan.

Qirgʻiziston davlat chegara xizmati taʼkidiga koʻra, birinchi boʻlib tojik tomoni Qirgʻizistonning “Maksat” chegara posti, soʻngra Batkent viloyati Laylak tumanidagi vaqtinchalik “Say” chegara posti tomon oʻq uzgan.

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana olomon toʻplanmoqda. Mojaro sababi nimada?

Tojikistonda qirgʻiz tomoni provakatsion harakatlarni boshlab, “Bahor qishlogʻidagi qurollanmagan fuqarolarga qarata oʻt ochgani, oqibatda Tojikistonning bir necha fuqarosi yarador boʻlgani” maʼlum qilingan.

Asosiy mavzular