19:48 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Putin Saudiya Arabistoniga S-300 yoki S-400 sotib olishni taklif qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Dunyoda
Havola olish
520 0 0

Putin Anqarada oʻtgan Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari ishtirokidagi Suriya boʻyicha uch tomonlama sammit davomida Saudiya Arabistonining neft zavodlariga qilingan hujum haqidagi savolga javoban Qurʼondan iqtibos keltirgan.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin podshohlik neft obʼyektlariga dron orqali hujum qilingan soʻng Saudiya Arabistoniga  Rossiyaning S-400 yoki S-300 zenit-raketa majmualarini sotib olishni taklif qildi.

Putin Anqarada oʻtgan Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari ishtirokidagi Suriya boʻyicha uch tomonlama sammit davomida  Saudiya Arabistonining neft zavodlariga qilingan hujum haqidagi savolga javoban Qurʼondan iqtibos keltirgan.

“Muqaddas Qurʼonda oʻz urugʻ-aymogʻini himoya qilishdan tashqari, har qanday zoʻravonlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligi aytilgan. Oʻz urugʻ-aymogʻi, oʻz mamlakatini himoya qilishda Saudiya Arabistoniga tegishli koʻmak koʻrsatishga tayyormiz”, - deya Rossiya yetakchisi soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Uning soʻzlariga koʻra, podshohlik rahbariyati “dono qaror qabul qilishi” va Eronga oʻxshab S-300 yoki Turkiya hukumati singari S-400 xarid qilishi kifoya.

“Ular Saudiya Arabistoni infratuzilmasining har qanday obʼyektini ishonchli himoyalaydi”, - deya taʼkidlagan Putin.

Putin Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning “S-300 yoki S-400 sotib olgan maʼqulroqmi?” degan savoliga “Oʻzlari tanlasinlar” deb javob qilgan.

Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi Saudiya Arabistonidagi neft zavodlariga qilingan hujum haqidagi savolga javoban yana Qurʼondan iqtibos keltirgan.

"Aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etadigan Turkiyadek davlatda boʻla turib, muqaddas Qurʼoni Karim oyatlarini eslamay oʻtishning imkoni yoʻq. Allohning marhamatini yodda tuting. Sizlar bir vaqtlar dushman edingizlar, Alloh sizning qalblaringizni birlashtirdi va sizni birodar qildi, deyiladi Qurʼonda. Mana shundan kelib chiqib ish qilishimiz kerak deb oʻylayman”, - deya soʻzlariga yakun yasagan Rossiya prezidenti.

Oʻtgan shanba kuni tongda Saudi Aramco - milliy neft kompaniyasiga tegishli  bir necha yirik neft qazib olish konlariga dronlar hujum qilgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yaman muxolifatchilari oʻz zimmasiga olgan.Ammo AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo ushbu hodisada Eronni ayblagan. Uning soʻzlariga koʻra, hujum Yaman tomonidan amalga oshirilganing “hech qanday dalili yoʻq”.

Qolaversa, amerikalik senator-respublikachi Lindsi Grem Tehron "oʻz fitnalarini davom ettiradigan boʻlsa", AQSH hukumatining Erondagi neft obʼyektlari boʻylab zarba berish imkoniyatini muhokama qilishni taklif qilgan.

Asosiy mavzular