12:20 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
222910

Tadqiqotchilar 20 yil davomida 300 mingga yaqin kishining sogʻligʻini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga oʻzlarining vazni, taom ratsioni, alkogol isteʼmol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishgan.

TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Amerikalik olimlar har kuni koʻp boʻlmagan miqdorda yongʻoq isteʼmol qilish semizlik rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress saytida eʼlon qilingan.

Tadqiqotchilar 20 yil davomida 300 mingga yaqin kishining sogʻligʻini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga oʻzlarining vazni, taom ratsioni, alkogol isteʼmol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishgan.

Maʼlum boʻlishicha, sutkasiga muntazam ravishda 14 gramm yongʻoq isteʼmol qilganlarda semizlik kasaliga chalinish boshqalarga qaraganda 23 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, yongʻoqning foydasini sezish uchun qayta ishlangan goʻsht, shokolad va turli qandolatchilik mahsulotlaridan voz kechish tavsiya etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yongʻoq isteʼmol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan kamroq depressiya holatiga tushishlari aniqlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular