13:25 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
934 0 0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa ittifoqi oʻzining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi va “Sharqiy hamkorlik”loyihasi bilan nimani maqsad qilib qoʻygani haqida gapirdi.

TOSHKENT, 26 sen - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa ittifoqi oʻzining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi va “Sharqiy hamkorlik”loyihasi yordamida sharqiy va Markaziy Osiyo hamkorlarni Rossiyadan “ixlosini qaytarishini” istayotganini maʼlum qildi.

“Hozirda Sharqiy hamkorlik” ortidan YEI Markaziy Osiyo uchun Rossiya manfaatlari va tarix, iqtisodiyot, urf-odatlar, madaniyat, inson munosabatlari, xavfsizlik masalalari boʻyicha bizni birlashtiradigan aloqalarni hisobga olmagan holda tuzilgan dasturni rivojlantirmoqda, zeroki u yerda bizning ittifoqdoshlarimiz va strategik hamkorlarimiz ham bor, - dedi Lavrov “Kommersantʼ" gazetasiga bergan intervyusida. – Bizning maʼlumotlarga qaraganda, hozir ular sobiq SSSRning Yevropa va Kavkaz orti respublikalari ishtirok etayotgan "Sharqiy hamkorlik" va YEIning Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyasi oʻrtasida doʻstona aloqa oʻrnatishga urinishmoqda. Bu kabi yirik loyihalar ishlab chiqarilayotgan paytda hatto potentsial rejimda ham hech narsani sir saqlamaslik kerak".

Lavrov YEIning bu loyihalardan koʻzlagan maqsadi Moskvaga maʼlum ekanini qoʻshimcha qilgan. Ularning maqsadi sharqiy va Markaziy Osiyo hamkorlarni Rossiyadan ixlosini qaytarish va Rossiya va bu mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni susaytirish hamda oʻzini qanoatlantiruvchi qonun-qoidalarini joriy etishdan iborat.

Iyun oyi oʻrtalarida Yevropa ittifoqi kengashi Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha yangi strategiyani maʼqulladi. Unda YEI mintaqa mamlakatlari bilan kengaytirilgan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni tuzish va amalga oshirishga hamda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish maqsadida hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligi ifoda etilgan. Birinchi strategiya 2007 yilda qabul qilingan.

Asosiy mavzular